Andijon viloyatda 2024-yil hosili uchun barcha toifalarda 39 ming 780 gektar shundan 33 ming 397 gektar noyabr-dekabr oylarga to‘qsonbosti ekinlar, 6 ming 383 gektar avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi rejalashtirilgan. Hozirda 6 ming 384 gektar maydonlarda ekish ishlari amalga oshirildi. Shundan 2 ming 940 gektar maydonga piyoz, 3 ming 444 gektar maydonga sarnimsoqpiyoz ekilgan.
Yo‘nalishlar kesmida taxlil qilinganda;
Fermer xo‘jaliklarining 4 ming 850 gektar maydonlarga shundan 2 ming 511 gektar maydonlarga to‘qsonbosti ekinlar 2 ming 339 gektar maydonlarga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi rejalashtirilgan bulib, bugunga kadar 2 ming 340 gektar maydonlarda ishlar yakunlandi. Yani 1 ming 130 gektar ochiq maydonlar (415 gektar maydonga piyoz, 715 gektar sarimsoqpiyoz), 1 ming 210 gektar bog‘ qator oralari (342 gektar piyoz, 868 gektar maydonlarga sarimsoqapiyoz) xisobiga to‘g‘ri keladi.
Dehqon xo‘jaliklarining 14 ming 470 gektar maydonlarga shundan 14 ming 69 gektar to‘qsonbosti ekinlar 401 gektar piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi kuzda tutilgandi vam 100% ga bajarildi. 93 gektarga piyoz, 309 gektarga sarimsoqapiyoz.
Shuningdek, 20 ming 460 gektarlik aholi tomorqalarining 16 ming 817 gektariga to‘qsonbosti ekinlari, 3 ming 643 gektarisha esa piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekilishi kerak edi. 3 ming 643 gektar maydonlarda ekish ishlari amalga oshirildi. Shundan 2 ming 90 gektar maydonga piyoz, 1 ming 553 gektar sarimsoqpiyoz ekinlar ekildi.
Ushbu ekilgan maydonlardan jasi xisobda 780 ming 350 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yigishtirib olinadi. Yani 318 ming 294 tonna piyoz, 34 ming 275 tonna sarimsoqpiyoz, 110 ming 257 tonna sabzi, 37 ming 290 tonna osh lavlagi, 239 ming 548 tonna ko‘katlar, 25 ming 181 tonna rediska xamda 15 ming 505 tonna karam mahsulotlari ulugisha to‘g‘ri keladi.
Etiborlisi, maxsulotlarning 106 ming 630 tonnasi eksportga, 77 ming 778 tonna qayta ishlashga, 93 ming 642 tonna zaxiraga hamda 502 ming 300 tonna ichki bozor va ichki iste’mol uchun ishlatiladi.
Aholi farovonligini oshirish, daromad olishning yangi manbalarini ishga solish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishda, xamda aholi tomorqalariga qaratilgan e’tibor, dehqonchilik yer maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi ko‘rsatmalar, chiqayotgan qaror va farmonlardagi topshiriqlar ijrosi natijasida yanada ortib boryapti. Dehqonchilik madaniyati yanada rivojlanmoqda.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda aholi tomorqalarida yer maydonlaridan samarali foydalanishda “Andijon maktabi” tizimi yaratilgan.
Har bir dehqon xo‘jaligida har bir qarich yerdan samarali foydalanish, ekinlarni yetishtirishda tejamkorlikka amal qilish, pirovard natijada mahsulot yetishtirish hajmini oshirib, daromadni ko‘paytirish, bozor narxlari barqarorligini ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.
Quvonarli tomoni bobodehqonlarimiz tomonidan o‘z yer maydonlarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.
Bunga birgina misol Buloqboshi tumani Toshkechik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Asronova Dilfuzaxonga 10 sotix yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, dehqonchilik ortidan 1-yilda o‘rtacha 25 mln so‘m daromad topmoqda.
Joriy yilda 10 sotix yer maydoniga kartoshka ekib 3 tonnaga yaqin xosil olib 15 mln so‘m, ikkinchi xosilga esa makkajo‘xori ekib 10 mln so‘m jami bo‘lib 25 mln so‘m daromad olishga erishdi.
Olingan daromadlar xisobidan o‘tgan yili o‘z xonadonini ta’mirlashga moddi-texnika mayishiy texnikalar sotib oldi. Tumanda bu kabi misollar juda ko‘plab topishimiz mukin.
Buloqboshi tumanining Uchtepa, Zarg‘aldoq mahallalari asosan, piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan.
Tumanda 2024-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 1 ming 725 gektar maydonlarda shundan 920 gektar avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda 805 gektar noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda fermer xo‘jaliklarining 530 gektar maydonlariga shundan 460 gektar maydonda avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyozi ekinlari ekilgan. Qolgan 70 gektar maydonda esa noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavotlar ekiladi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaliklarida 235 gektar shundan 225 gektar avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyozi ekinlari ekilgan. 10 gektar maydonlarga noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavotlar ekinlari ekiladi.
Aholi tomorqa yer maydonlarida 960 gektar shundan 235 gektar maydonlarga piyoz va sarimsoqpiyozi ekilgan. 726 gektar maydonlarga noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavotlar ekilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktyabrdagi Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 4863-sonli qarori ijrosini ta’minlash masqadida, Buloqboshi tumanida “Buloqboshi Sarimsoqpiyozchilar uyushmasi” MCHJ tashkil etilgan.