Joriy yilning 5-oktyabr kuni “Nuroniy” jamg‘armasi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan 6-umumta’lim maktabida “G‘ayratli keksalar” sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda mazkur musobaqalarning mahalla bosqichida birinchilikni egallagan faxriylar ishtirok etib, ular sportning shaxmat-shashka, stol tennisi va darts yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga «Nuroniy» jamg‘armasi viloyat bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi.