Shahrixon tumanida jismoniy va yuridikshaxslarning mavjud sug’oriladiganqishloq xo’jaligiga mo’ljallanganyerlardan foydalanishning ahvolito’g’risidaO’zbekiston Respublikasi Iktisodliyot va moliya vazirligi xuzuridagi Kadastragentligi Davlat kadastrlar Palatasi Shahrixon tuman filialining tumanda qishloqxo’jaligi yerlaridan foydalanishning ahvoli yuzasidan yo’llagan xatida tumanbo’yicha jami 441 ta qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanuvchilar ixtiyoridagi 17759gektar yer uchastkalari bo’lib, shundan ijara shartnomasi asosida foydalanuvchifermer xo’jaliklari 403 nafarni, ularga biriktirilgan qishloq xo’jalik yerlari 12629gektarni tashkil etishligi, shuningdek, tumanda qishloq xo’jaligi yerlarining xolatiyuzasidan o’tkazilgan xatlov natijalariga ko’ra mazkur toifadagi yerlardanfoydalanuvchi korxona va tashkilotlar 593 nafarni tashkil etib, jami qishloq xo’jaligitoifasidagi yer maydonlari 17110,37 gektarni, shu yerlardan foydalanuvchi fermerxo’jaliklari 454 nafarni tashkil etishligi, ular tomonidan xaqiqatda 12539,90 gektarqishloq xo’jaligi toifasidagi yer maydonlari ijara shartnomasi asosida foydalanibkelinayotganligi ko’rsatilgan.Shuningdek, qishloq xo’jaligi toifasiga mansub bo’lgan yerlardanfoydalanuvchilarning ayrimlari bilan ijara shartnomalari tuzilmaganligi, tuzilgan yerijarasi shartnomalarida qayd etilgan yer uchastkalari miqdori foydalanuvchilartomonidan amalda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari miqdoridan farqqilishligi, tuman zaxirasidagi bo’sh turgan qishloq xo’jalik yerlari esa auksionsavdolariga qo’yilmaganligi, qayd etilgan.Kelgusida tumanda qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun ajratilgan yeruchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanish, ularning talon-toroj qilinishiningoldini olish, yer hisobi to’g’ri yuritilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston
Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunining 6, 25-moddalari, Yer kodeksining 24-moddalariga asosan:QAROR QILAMAN:1. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastragentligi Davlat kadastrlar Palatasi Shahrixon tuman filialining 2025 yil 22avgustdagi xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.2. Davlat kadastrlar Palatasi Shahrixon tuman filiali, manfaatdor tashkilotlar(Kadastr agentligi tuman bo’limi, tuman qishloq xo’jalik bo’limi, tuman FermerlarKengashi, «Uzdaverloyixa» Andijon viloyat bo’linmasi, tuman Davlat soliqinspektsiyasi) bilan birgalikda tumanda qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanuvchisub’ektlar bilan tuman hokimligi o’rtasida tuzilgan yer ijarasi shartnomalarininghozirgi kundagi holati yuzasidan tahlil o’tkazilishini, natijalariga ko’ra muqaddamtuman hokimligi bilan yerdan foydalanuvchilar o’rtasida tuzilgan yer ijarasishartnomalarida tafovut aniqlangan taqdirda mazkur shartnomalarga tegishlio’zgartish va qo’shimchalar kiritish, yer ijarasi shartnomasi tuzmagan qishloqxo’jaligi yerlaridan foydalanuvchilar bilan tegishli tartibda shunday shartnomalartuzilishini ta’minlash, bo’sh turgan qishloq xo’jalik yerlarini auktsion savdolarigachiqarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.3. Mazkur tadbirlarda «Uzdaverloyixa» Andijon viloyat bo’linmasi tomonidan2025 yil mart–iyun oylarida o’tkazilgan xatlov yakunlari hamda mazkur xatlovyuzasidan qabul qilingan tuman hokimining 2025 yil 11 iyuldagi 197-1-28-Q/25 sonliqarorida ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalanilsin.4. Yerdan foydalanuvchilar bilan tuman hokimligi o’rtasida tuzilgan yer ijarasishartnomalarida ko’rsatilgan yer uchastkalari miqdori bilan amalda foydalanibkelinayotgan yer uchastkalari o’rtasidagi tafovutlar bo’yicha yer ijarasishartnomasiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritishda, shuningdek yer ijarasishartnomasi tuzmagan yerdan foydalanuvchilar bilan shunday shartnomalartuzilishida O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining shartnomalarga oidqonunchilik normalari. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 24-moddasitalablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlansin.5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suvxo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i(A.Djo’rayev) zimmasiga yuklatilsin.