2025-yil 5-aprel 110-1-28-Q/25
Shahrixon tumani hokimligi
Mablag‘ ajratish to‘g‘risida
2025-yil “Yoshlar balansi” ni shakllantirish maxallalarda o‘tkazilgan xatlov
bo‘yicha anketalarni to‘ldirish uchun qog‘oz sotib olish maqsadida tuman xokimining
yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha
o‘rinbosarining 2025-yil 24-mart kungi kirimga olingan 07/21-140-sonli so‘rov xatini
inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 28-,73-moddalari hamda
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning
6-,25-moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. Tuman mahalliy budjetining 2025-yilgi zahira jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan tuman hokimligiga 2025-yil “Yoshlar balansi” ni shakllantirish maxallalarda
o‘tkazilgan xatlov bo‘yicha anketalarni to‘ldirish uchun qog‘oz sotib olish xarajatlariga
4345,0 ming (to‘rt million uch yuz qirq besh ming) so‘m mablag‘ ajratilsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (B.Jo‘rayev)ga tuman hokimligi
xarajatlar smetasiga tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritish hamda G‘aznachilik xizmati
bo‘linmasi (U.Zaitjonov)ga ajratilgan mablag‘larni belgilangan muddatlarda kassa
ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
3. Tuman xokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-
ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Raxmonov hamda bosh hisobchisi
M.Kamolidnovlarga ajratilgan mablag‘ni meyoriy xujjatlarda belgilangan tartibda
rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishini ta’minlash vazifasi
yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi
o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin