Mablag‘ ajratish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizmxizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Shahrixontumani bo‘limining 2025-yil 4-iyul kungi 360-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekistonRespublikasi Budjet Kodeksining 28-,73-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-, 25-moddalariga asosanQAROR QILAMAN:1. Tuman mahalliy budjetining 2025-yilgi zahira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidantuman hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichkiturizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”giPQ-232-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi Mahalla fuqarolar yig‘inlariraislarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Xonobod shahriga madaniy-ma’rifiy sayohatga borib kelish tadbiri uchun transport xizmatini ko‘rsatish xarajatlariga14000,0 (o‘n to‘rt million ) ming so‘m mablag‘ ajratilsin.2. Shu munosabat bilan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi(B.Jo‘rayev)ga tumanhokimligi xarajatlar smetasiga tegishli tartibda o‘zgartirishlar kiritish hamda G‘aznachilikbo‘linmasi(U.Zaitjonov)ga ajratilgan mablag‘larni belgilangan muddatlarda kassa ijrosinita’minlash vazifasi yuklatilsin.3. Tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiyishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Raxmonov va bosh hisobchisi M.Kamolitdinovlarga ajratilganmablag‘larni qonunchilikda belgilangan tartibda hamda belgilangan maqsadlar uchunsarflanishini ta’minlash topshirilsin.4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchio‘rinbosari A.Yuldashev zimmasiga yuklatilsin

Туман ҳокими Х.В.Дадахонов