Shahrixon tumanidagi “Cho’ja” mahallasi guzarida “Navro’z sayli” festivali bo’lib o’tdi.

Festival doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, taniqli teatr va kino aktyori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Matyoqub Matchonov, xushovoz xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulbahor Erqulova, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva hamda viloyatimizdan tashrif buyurgan san’atkorlar ishtirok etib, shahrixonliklarga xushkayfiyat ulashdilar.
Tadbir asnosida badiiy adabiyotlar, tumanimiz hunarmandlari mahsulotlari, shuningdek, milliy taomlar ko’rgazmalari namoyish qilindi. Ushbu festival juda maroqli, g’oyat ko’tarinki ruhda o’tib, unda qatnashgan hamyurtlarimizda unutilmas taassurotlar qoldirdi.