#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–140-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;

🔹 sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish;

🔹 Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

🔹 sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “Kiber huquq” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish.

✅ “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:

🔸sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;

🔸murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;

🔸sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha
Shahrixon tumani sudining raisi: Z.Raximov ✍️