XALQ DEPUTATLARI SHAHRIXON TUMANI KENGASHINING MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI Q A R O R I

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonliFarmoni bilan tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik»jamg‘armasi hisobidan mablag‘ sarflash to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiyhimoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”giPF-17-sonli Farmoniga asosan, Shahrixon tumani xokimligi huzuridagi “Infratuzilma vaijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifini ko‘ribchiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining6- va 24–moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet,tadbirkorliknirivojlantirish va iqtisodiy isloxatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”siQAROR QILADI:1. Tuman hokimligining tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sirko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni“Infratuzilma va ijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bartarafetishga qaratilgan chora-tadbirlariga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’lumot uchunqabul qilinsin.2. Shahrixon tumanidagi aholining salbiy xayot kechirishiga ta’sir ko‘rsatayotganquyidagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishmaqsadida tuman “Infratuzilma va ijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larihisobidan:— Yashil makon umum milliy dasturi doirasida Yangi Andijon tashkil etilgan“Ziyolilar bog‘i”ning Shahrixon tumani uchun ajratilgan yer maydonlariga ekilgan 3turdagi 120 tup manzarali daraht ko‘chatlarini sotib olish va ekishdan yuzaga kelganqarzdorlik uchun 35,4 (o‘ttiz besh million to‘rt yuz ming) mln. so‘m;-tumanimizda sog‘lom turmush tarzini shakillantirish, yoshlarni sportga keng jalbetish, shuningdek ommaviy sport tarbirini yuqori saviyada tashkil etish maqsadidatumandagi Buvaydo MFY xududidagi markaziy o‘yingohida o‘tkazilishirejalashtirilgan Yoshlar forumi va boshqa madaniy tadbirlar oldidan yoritish tizimi bilanta’minlash xarajatlari uchun 35,2 (o‘ttiz besh million ikki yuz ming) mln. so‘m mablag‘larajratilsin.
3. Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi U.Zaitjonov, tuman hokimligi boshxisobchisi M.Kamolitdinovlar;“Infratuzilma va ijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ajratilganmablag‘larni belgilangan tartibda to‘lovlarni amalga oshirish, jamg‘arma mablag‘larniqonunchilikda o‘rnatilgan tartibda samarali va maqsadli sarflanishi ta’minlansin.4. Ushbu masala xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kuntartibiga kiritilsin.5. Mazkur qarorning bajarilishi nazorat qilish Xalq deputatlar tuman Kengashinig“Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy isloxatlar masalalari bo‘yichadoimiy komissiya”siga hamda tuman xokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikniqisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limiboshlig‘i (Yuldashev) zimmalariga yuklatilsin.
Doimiy komissiya raisi ADILOV YOSINBEKOLIMJONOVICH