2025-yil 28-mart VII-5-31-1-28-K/25
Shahrixon tumani
Shahrixon tumani bo‘yicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 30-sentabrga qadarvegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlashto‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘indasuv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridanfoydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qaroriningijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyatito‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tumanKengashiQAROR QILADI:1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘indasuv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridanfoydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qarori ijrouchun qabul qilinsin.2. Shahrixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori E.O‘rinboevningShahrixon tumani bo‘yicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 30-sentabrga qadar vegetatsiyadavrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limiti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.3. Shahrixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktorii E.O‘rinboevga:— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘indasuv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridanfoydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli qaroriasosida ishlarni tashkil etish;— belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;— o‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;— sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash,ta’mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;— suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suvmonitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;— iste’molchilar kesimida iste’mol qilingan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarnisoliq organlariga taqdim etib borish;— suv iste’molchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xo‘jaligi xizmatlariniko‘rsatish;
— amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorakyakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman KengashiningAgrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisiJ.Yangiboev hamda tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yichao‘rinbosari A.Djuraevlar zimmasiga yuklatilsin.5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.