“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik”jamg‘armasi mablag‘lari yo‘naltirish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiyhimoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”giPF-17-sonli Farmoniga asosan, Shahrixon tumani xokimligi huzuridagi “Infratuzilma vaijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifini ko‘ribchiqib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining6- va 24–moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman KengashiQAROR QILADI:1. Tuman hokimligining tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sirko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni“Infratuzilma va ijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bartarafetishga qaratilgan chora-tadbirlariga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’lumot uchunqabul qilinsin.2. Shahrixon tumanidagi aholining salbiy xayot kechirishiga ta’sir ko‘rsatayotganquyidagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishmaqsadida tuman “Infratuzilma va ijitimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larihisobidan: Ipak yo‘li Mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ziyolilar 1-tor ko‘chasida yoritishchiroqlari uchun o‘rnatilgan tayanchlar ma’nan eskirganligi sababli xududdagi aholiningmurojaatlari asosida zamonaviy beton tayanchlar o‘rnatish xarajatlari uchun 20,2(yigirma million ikki yuz ming) mln. so‘m;-tumandagi infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish maqsadida Qoziqo‘rg‘onMFY hududiga, Segaza MFY xududidagi Segaza ko‘chasiga hamda Xo‘jaobod MFYxududidagi Shahrixon ko‘chalarida oilalar soni ortganligi va elektr energiyaga bo‘lgantalab kuchayishi sababli kuchlanishni meyorlashtirish maqsadida yangi transformatorlaro‘rnatish xarajatlariga 168.0 (bir yuz oltmish sakkiz million) mln. so‘mmablag‘ ajratilishiga rozilik berilsin.3.Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi boshlig‘i U.Zaitjonov va tumanhokimligining bosh xisobchisi M.Kamolitdinovga:— ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartiba to‘lovlarni amalga oshirish;
— jamg‘arma mablag‘larini qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda samarali va maqsadlisarflanishi ta’minlansin.4. Mazkur qarorning bajarilishi nazorat qilish Xalq deputatlar tuman Kengashinig“Mahalliy budjet, tadbirkolrlarni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yichadoimiy komissiyasi (A.Qobulov) hamda ijrosini ta’minlash tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tumaniqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi:
 DADAXONOV XIKMATULLO VAXABOVICH