2025-yil 11-yanvar VII-2-2-1-28-K/25
Shaxrixon tumani
Tumandagi “Barkamol avlod” mahalla fuqarolar yig’ini nomini
“Ahmadbek” deb o‘zgartirish to‘g’risida
Xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashi O‘zbekiston Respublikasining
“Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g’risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining
2012 yil 16 oktyabrdagi “Geografik ob’ektlarning nomlari soxasidagi ishlarni tartibga
solish chora-tadbirlari xaqida”gi 295-son qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi
Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda
geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha
tuman komissiyasining takliflarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g’risida”gi qonuni 6, 24-moddalariga asosan
QAROR QILADI
1. Shahrixon tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
hamda davlat tili to‘g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash masalalari
bo‘yicha maslaxatchisi X.Odilovning tumanda ko‘chalarga nom berish hamda nomi
takror bo‘lgan geografik ob’ektlarning nomlarini o‘zgartirish to‘g’risidagi axboroti
hamda ma’lumot uchun qabulqilinsin;
2. Geografik ob’ektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash bo‘yicha
Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta
nomlash masalalari bo‘yicha viloyatkomissiyasining 2024 yil 25 oktabrdagi 05-19-01-
4800-son bayonnomasiga asosan tumandagi “Barkamol avlod” mahalla fuqarolar
yig’ini nomini “Ahmadbek” mahalla fuqarolar yig’ini deb o’zgartirilsin.
3. Tuman hokimining maslaxatchisi (X.Odilov), Shahrixon tumani kambag’alliknu
qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig’i (A.Sariboev), Kadastr
agentligi tuman filiali (T.Abdukarimov) Xatlov natijasida aniqlangan geografik
obyektlar (ko‘cha, tor koʻcha, berk koʻcha, oʻtish yoʻli)ni belgilangan tartibda
ro‘yxatidan o‘tkazilishini, ularning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini, ish
yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini, nomi o‘zgartirilgan ob’ektlarga ularning
nomlari yozilgan ko‘rsatkich va belgilar, peshlavxalarni bosqichma-bosqich
o‘rnatilishini ta’minlasin.
4. Tuman Davlat xizmatlari markazi (D.Mo’minov)ga “Ahmadbek” mahalla
fuqarolar yig‘inini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini hamda muxr va
tamg‘alarini olishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman ichki ishlar bulimi (B.Arslanov)ga nomlari o‘zgartirilgan xududlarda
yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ishlarini
tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
6. Tuman hokimining birinchi urinbosari (X.Tadjibaev) geografik ob’ektlarni,
nomlash, nomlarini o‘zgartirish soxasidagi ishlarni mablag’bilan ta’minlash mahalliy
byudjet mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
amalga oshirilishini nazorat qilsin.
7. Tuman hokimligi matbuot xizmati (R.Arabboev) ushbu qarorni tuman hokimligi
rasmiy saytida va mahalliy nashrlar saxifalarida yoritilishini taminlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi (B.Rahmonov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi: DADAXONOV XIKMATULLO VAXABOVICH