Shahrixon tuman 1-son texnikumida yoshlar o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning bilim darajasini sinovdan o‘tkazish, ularning tafakkur doirasini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

O‘yin davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga tezkor va aniq javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv jarayoni qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar e’tirof etilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. Ushbu intellektual o‘yin yoshlarni bilim olishga rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shahrixon tuman 1-son texnikumi ✍️

